Davlat moliyasini boshqarishga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish va “Elektron hukumat”ni rivojlantirish dasturlarini rivojlantirishda "O'zarxiv" agentligining ishtiroki

 

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori bilan 2013 yildan 2014 yilgacha O‘zbekiston Respublikasida elektron hukumat tizimini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar va chora-tadbirlar tasdiqlangan bo‘lib, qaror davlat hokimiyati organlari oldiga axborot tizimlarini yaratish va ularni o‘zaro integratsiyalashtirish, davlat organlari faoliyatini avtomatlashtirish vazifalarini qo‘ygan. Mazkur vazifalar davlat hokimiyati organlari o‘z funktsiyalarini bajarishi sur‘ati va sifatini oshirish imkonini beradi.

Bugungi kunda

     O'zbekiston Respublikasi “Elektron hukumat to'g'risida”gi 2015 yil 9 dekabrda qabul qilingan Qonuni ijrosini ta'minlash maqsadida Agentlikning 2015 yil 21 dekabrdagi 82-sonli buyrug'i qabul qilingan.

      O'zbekiston Respublikasi “Elektron hukumat to'g'risida”gi Qonuni hamda uni amalga oshirish yuzasidan asosiy vazifalar, shuningdek arxiv ishi sohasida amalda joriy etilgan va joriy etilishi mumkin bo'lgan interaktiv davlat xizmatlari tahlilidan kelib chiqib, Agentlik tomonidan qabul qilinadigan Kompleks chora-tadbirlar rejasiga tegishli takliflar ishlab chiqilishini tashkil etildi.

     zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda axborot xizmatlarining sifatini oshirish va ish uslubini yanada takomillashtirish choralari ko'rilmoqda.

      arxivlardagi mavjud davlat interaktiv xizmatlarini tahliliy qayta ko'rib chiqildi va ularning sifatini yanada oshirish va sonini ko'paytirish, shuningdek elektron hukumat sohasida axborot tizimlari va axborot resurslarining hamda elektron va interaktiv davlat xizmatlarining joriy etilishini, rivojlantirilishini hamda integratsiyalashuvini ta'minlash choralari ko'rilmoqda.

doimiy ravishda axborot tizimlari va axborot resurslarining axborot xavfsizligini ta'minlash choralarini ko'rilmoqda.

"O'zarxiv" agentligi tomonidan "Arxiv ma'lumotnomalarini berish integrallashgan tizimi" loyihasi ustida ishlar olib borilmoqda.

  Yuklab olish (*.doc 16 kb)