“O’zarxiv” agentligi faoliyati to'g'risida axborot olishga doir so'rov (bundan buyon matnda so'rov deb yuritiladi) axborotdan foydalanuvchining axborot taqdim etish haqida ushbu organga va (yoki) agentlikning mansabdor shaxslariga yo'llagan og'zaki yoki yozma shakldagi (shu jumladan elektron hujjat shaklidagi) talabi axborotdan foydalanuvchining so'rovi ro'yxatdan o'tkazilgan kundan e'tiboran ko'pi bilan o'n besh kunlik muddatda ko'rib chiqiladi.

         Ommaviy axborot vositasining “O’zarxiv” agentligi faoliyati to'g'risida axborot olishga doir, shuningdek mansabdor shaxslarning intervyusini tashkil etish to'g'risidagi so'rovi ko'pi bilan etti kunlik muddatda ko'rib chiqiladi.

          Agar axborotdan foydalanuvchining so'rovini ko'rib chiqish “O’zarxiv” agentligi vakolatlariga kirmasa, so'rov so'ralayotgan axborotni taqdim etish vakolatiga kiritilgan organga ro'y xatdan o'tkazilgan kundan e'tiboran uch ish kuni ichida yuboriladi, axborotdan foydalanuvchi esa bu haqda xabardor qilinadi.

           Rasmiy nashrlarda, ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan (chop etilgan) yoxud rasmiy veb-saytlarda joylashtirilgan axborot so'ralganda “O’zarxiv” agentligi so'rovga beriladigan javobda so'ralayotgan axborot e'lon qilingan (chop etilgan) rasmiy nashrning, ommaviy axborot vositasining nomi, chiqarilish sanasi hamda raqamini va (yoki) so'ralayotgan axborot joylashtirilgan rasmiy veb-saytning elektron manzilini ko'rsatgan holda havola berishi mumkin.

         Agar “O’zarxiv” agentligi olingan so'rov o’z vakolatlari to'g'risidagi ma'lumotlarga ega bo'lmasa, axborotdan foydalanuvchiga so'rov ro'yxatdan o'tkazilgan kundan e'tiboran uch ish kuni ichida tegishli javob yuboriladi. So'rov rad etilgan taqdirda axborotdan foydalanuvchiga asoslantirilgan javob yuboriladi.

(Mazkur talablar 2014 yil 5 maydagi “O'zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida”gi O'RQ-369-son qonuniga asosan ishlab chiqilga.)