O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosharxiv boshqarmasining 2001 yil 29 iyun № 11 -sonli buyrug‘i bilan TASDIQLANGAN, O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2002yil 20 iyulda ro‘yxatdan o‘tkazilgan,

№ 1053

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXIVLARI O‘QUV XONALARIDA ARXIV XUJJATLARIDAN FOYDALANUVChILARNING IShLASh QOIDALARI

Bu Qoidalarga Adliya Vazirligi tomonidan 2002 yil 17 iyunda № 1053 bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan, BAB boshlig‘ining buyrug‘iga asosan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan.

Adliya Vazirligi tomonidan 2008 yil 05 mayda N 1053-2 bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “O‘zarxiv” agentligining Bosh direktorini buyrug‘i bilan

Preambula

Umumiy qoidalar
Foydalanuvlarni arxivlarning o‘quv xonalariga qo‘yish tartibi
Foydalanuvchilarning huquqlari, burchlari va javobgarligi
Yig‘majildlar, hujjatlar, mikrofotonusxalar, bosmanashrlarni
berish, ilmiy-ma’lumotnoma apparatini taqdim etish tartibi

Ilova. Foydalanuvchi anketasi

O‘zbekistan Respublikasi davlat arxivlari o‘quv xonalarida arxiv hujjatlaridan foydalanuvchilarning[1] ishlash Qoidalari 1992 yil 8 dekabrda qabul kilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Arxivlar tug‘risida” gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining № 5-sonli (1277) Axborotnomasi, 91-98 betlar), O‘zbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va undan foydalanish erkinligi tug‘risida” gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining № 4-5- sonli (1252-1253) Axborotnomasi, 36-38 betlar), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Arxiv ishi buyicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash tug‘risida” gi № 482-sonli qaroriga (O‘zR QT, 1999 yil 30 oktyabr, 27-54 betlar) muvofiq ishlab chiqilgan.

Qoidalar foydalanuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlari[2] o‘quv xonalarida (kurish zallarida, fono (ovozli) hujjatlar va shu kabilarni eshitish xonalarida) hujjatlar bilan ishlash tartibini belgilab beradi.

Arxiv xodimlarining ish tartibi, foydalanuvchilarga xizmat kursatish sohasidagi vazifalari, ularning javobgarligi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi (O‘zbosharxiv) tasdiqlagan arxiv ishi buyicha me’yoriy xujjatlar bilan belgilanadi.

UMUMIY QOIDALAR
Barcha foydalanuvchilar arxiv hujjatlaridan foydalanishda teng huquqlarga egadirlar.
O‘quv xonalariga qatnaganligi, arxiv xujjatlaridan foydalanganligi uchun haq olinmaydi.
O‘quv xonalarining ishlash tartibi arxivlar rahbariyati tomonidan belgilanadi.
FOYDALANUVChILARNI ARXIVLARNING O‘QUV XONALARIGA QO‘YISh TARTIBI
Ilmiy-tadqiqot muassasalarining rejalariga muvofiq ilmiy ish olib borayotgan yoki xizmat topshirig‘ini bajarayotgan foydalanuvchilar o‘zlarini yuborgan tashkilotlarning xatlarini taqdim etadilar.
Shaxsiy tashabbus bilan tadqiqot olib borayotgan foydalanuvchilar o‘quv xonalariga shaxsiy arizalari asosida qo‘yiladi.
Xatlarda yoki shaxsiy arizalarda foydalanuvchilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, ma’lumoti, ilmiy darajasi, unvoni, tadqiqot mavzui, xronologik doirasi, maqsadi va boshqalar ko‘rsatiladi.
O‘quv xonada ishlash uchun ruxsat arxivlar raxbariyati tomonidan foydalanuvchilarga zarur bulgan muddatga, odatda rasmiylashtirish kunidan boshlab 1 yilga beriladi. Zarurat tug‘ilgan taqdirda muddatni uzaytirish masalasi arxiv rahbariyati bilan kelishib olinadi.
         Foydalanuvchi tadqiqot mavzusini o‘zgartirsa yangi xat taqdim etishi kerak.

16 yoshga yetmagan, sud tomonidan xuquqiy salohiyatga qobiliyatsiz deb topilgan shaxslar xujjatlar bilan ishlashga qo‘yilmaydi.
Barcha foydalanuvchilar o‘quv xonalar ishiga doir ushbu Qoidalar bilan tanishib chiqadilar va so‘rov varaqasi to‘ldiradilar (Ilova).
O‘quv xonalariga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish foydalanuvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan taqdirda amalga oshiriladi.
11. Davlat arxivlari o‘quv xonalariga chet ellik foydalanuvchilarni qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi ruxsati bilan bajariladi: [3]a)   chet ellik foydalanuvchilarning arxivga kirishlari ikki tomonlama ilmiy va madaniy xamkorlik bitimi asosida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tegishli davlat arxivlariga kirish xuquqiga egaligiga qarab kiritiladi;

 b) O‘zbekiston Respublikasi va chet ellik foydalanuvchi istiqomat qiladigan davlat o‘rtasida ikki tomonlama bitim bo‘lmagan hollarda, chet ellik foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligining roziligiga ko‘ra xujjatlar bilan ishlashga qo‘yiladi.

12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligining roziligi uz davlatining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy vakolatxonasi yoki foydalanuvchini rasman qabul qilgan Respublika tashkiloti orqali rasmiylashtiriladi. Yozma rozilikda foydalanuvchining qaysi davlatda yashashi, familiyasi, ismi, otasining ismi, ma’lumoti, ilmiy darajasi, mavzusining nomi va uning xronologik doirasi, tadqiqot maqsadi va qaysi arxivlarda ishlashi mumkinligi ko‘rsatiladi.

13. Chet ellik foydalanuvchining davlat arxivlarida aniq ilmiy mavzudagi xujjatlar bilan ishlashiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligining ruxsatini olgandan sung, qabul qiluvchi tashkilot yoki doimiy vakolatxona davlat arxiviga rasmiy taqdimnoma maktub yuboradi.

Rasmiy taqdimnoma maktubda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligining chet ellik foydalanuvchining Respublika davlat arxivlarida ishlashiga rozilik beruvchi ruxsatnoma nomeri va sanasi qayd etilgan bo‘lishi, shuningdek foydalanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, ma’lumoti, ilmiy darajasi va unvoni, ish yoki uqish joyi, mavzu va uning xronologik doirasi, tadqiqot maqsadi, shuningdek foydalanuvchining qaysi arxivlarning xujjatlari bilan tanishmoqchi ekanligi ko‘rsatilishi kerak.
FOYDALANUVChILARNING XUQUQLARI,
BURChLARI VA JAVOBGARLIGI

Foydalanuvchilarga arxivda mavjud bo‘lgan ma’lumotnomalar (yo‘lko‘rsatmalar, ro‘yxatlar, kataloglar, sharhlar va shu kabilar), yig‘majildlar va hujjatlar, shu jumladan kinohujjatlarning pozitiv nusxalari, fotoxujjatlar (pozitiv tasma nusxalar yoki fotokataloglar kartochkalariga bosilgan nazorat nusxalari va o‘zidagi) fono-hujjatlar, shuningdek mikronusxalar bilan, audio-vizual va mashinkada uqiladigan hujjatlar bilan ishlash uchun texnikaviy jixozlar beriladi.
Arxivlarning o‘quv xonalarida ishlaydigan foydalanuvchilar quyidagi xuquqlarga egadirlar:
a)    o‘quv xonalarining ish tartibi tug‘risida, arxivlar o‘quv xonalari orqali ko‘rsatadigan xizmatlar va ularni taqdim etish shart-sharoitlari haqida axborot olish;

b) tadqiqotlar mavzusi yuzasidan arxivlarda mavjud bo‘lgan xujjatlarning tarkibi va mazmuni tug‘risida arxiv mutaxassislari maslaxatlarini olish;

v) tadqiqotlar mavzusi buyicha xujjatlarni berish va ulardan nusxa ko‘chirishdagi mavjud cheklashlar tug‘risida, shuningdek ular amal qiladigan muddatlar haqida axborot, shu jumladan yozma shaklda axborot olish;

munozarali masalalarni hal qilish uchun foydalanuvchilar arxivlarning rahbariyatiga, O‘zbekiston Respublikasi arxiv ishini boshqarish organlariga, shuningdek belgilangan tartibda sud organlariga murojaat qilishlari mumkin;

g) arxiv xujjatxonasi fondlaridagi bosma nashrlardan (ilmiy- ma’lumotnoma kutubxonasidan), ma’lumotnoma-axborot fondlaridan (MAF) foydalanish;

D) tadqiqot mavzusi yuzasidan arxiv hujjatlaridan nusxalar olishga buyurtmalar berish, ularga berilgan yig‘majildlardan, xujjatlardan va arxiv ma’lumotnomalaridan ko‘chirmalar berish arxiv xodimlari tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi; nusxalar tayyorlash pullik xizmat asosida amalga oshiriladi;

ye) arxivlar raxbariyatining ruxsatnomasi bo‘yicha o‘zining texnikaviy vositalari (shaxsiy kompyuter, magnitofon, diktofon va shu kabilar) dan foydalanish yoki arxivlarning texnikaviy vositalarini ijaraga olish;

texnikaviy vositalardan foydalanishga boshqa foydalanuvchilar ishiga halaqit bermagan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi;

yo) o‘quv xonalari xodimlari bilan kelishilgan xolda o‘quv xonaga mashinkada ko‘chirilgan va bosma matnni, ilmiy ishning grankasini keltirish. Bu materiallarni keltirish va olib ketish ruxsatnoma bo‘yicha amalga oshiriladi;

foydalanuvchilarning qo‘lyozma materiallari ruxsatnomasiz olib chiqib ketiladi.

Foydalanuvchilar tarjimonlar yoki yordamchilari bilan kelishlari mumkin.
Foydalanuvchilar quyidagilarga amal qilishlari shart:
a)      O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlari o‘quv xonalarida foydalanuvchilarning ishlash Qoidalariga rioya qilish;

b)   o‘quv xonaga xar gal kelganda qatnashlarni qayd etish jurnalida ruyxatdan o‘tish;

v)   ko‘rib chiqilgan yig‘majildlardan foydalanish varaqlarini to‘ldirish, bunda foydalanish sanasini, familiyasi, ismi va ota ismini (aniq qilib) ko‘rsatish, foydalanish xarakterini (nusxa ko‘chirish, ko‘chirma olish, ko‘rib chiqish va xokazo, foydalanilgan varaqlarning raqamlari) qayd etish;

g)   xar gal qatnash oxirida o‘ziga berilgan ro‘yxatlar, yig‘majildlar (saqlash birliklari), xujjatlar, bosma nashrlarni o‘quv xona xodimiga topshirish;

d)   mikrofotonusxalar va maxsus manbalardagi xujjatlar bilan ishlaganda asbob-uskunalar va plyonka bilan muomala qilish texnikaviy talablariga rioya etish;

ye)    o‘quv xonaning ish tartibiga rioya qilish;

yo) davlat arxivlari o‘quv xonalarida foydalanuvchilarning ishlash Qoidalarini buzgan foydalanuvchi arxivning o‘quv xonasida shug‘ullanish huquqidan maxrum etilishi mumkin. Bu haqdagi qaror arxiv rahbariyati tomonidan qabul kilinadi va bu foydalanuvchini arxivga qo‘yish tug‘risida iltimos qilgan tashkilotga ma’lum qilinadi;

j)   arxiv hujjatlariga shikast yetkazgan va ug‘irlagan, shuningdek arxivga moddiy ziyon yetkazgan foydalanuvchilar amaldagi Respublika qonunlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

YIG‘MAJILDLAR, HUJJATLAR, MIKROFOTONUSXALAR, BOSMANAShRLARNI BERISh, ILMIY-MA’LUMOTNOMA APPARATINI TAQDIM ETISh TARTIBI
Arxiv xujjatlari, hujjatlar, mikrofotonusxalar, bosma nashrlar foydalanuvchilarga ularni berish tug‘risidagi buyurtmalar asosida taqdim etiladi.
Arxiv hujjatlari, bosma nashrlar va arxiv ma’lumotnomalari foydalanuvchilarga berilgan har bir material birligi uchun buyurtma blankasiga imzo qo‘ygan holda beriladi. Foydalanuvchi buyurtma berilgan materiallarni olganda buyurtma blankasiga imzo qo‘yadi.
Foydalanuvchiga bir vaqtning o‘zida 5 ta ro‘yxat, 25 ta yig‘majild (mikrofotonusxalarning 25 ta byusti) yoki eshitish vaqti 3 soatdan ortiq bo‘lmagan kinoxujjatlar, fono (ovozli) hujjatlar saqlash birligi berilishi mumkin.
Buyurtma berilgan yig‘majildlar, hujjatlar va boshqa materiallarni berish muddati arxiv rahbariyati tomonidan belgilanadi, lekin buyurtma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 3 kundan oshmasligi lozim.
O‘quv xonada saqlanayotgan ro‘yxatlar, ma’lumotnoma-axborot nashrlari va boshqa bosma materiallar foydalanuvchilarga buyurtma berilgan kuni beriladi.
  24, Ro‘yxatlar foydalanuvchilarga 5 kungacha muddatga, arxiv yig‘majildlari va mikrofotonusxalar - bir oyga beriladi.

Alohida qimmatli hujjatlar foydalanuvchilarga 5 kungacha muddatga beriladi.

Noyob hujjatlar 1 kunga beriladi.

O‘quv xonalarida yig‘majildlar va xujjatlarni saqlash va foydalanish muddatlarini uzaytirish o‘quv xona xodimlari bilan, alohida qimmatli xujjatlarni saqlash va foydalanish muddatlarini uzaytirish - arxiv rahbariyati bilan kelishiladi.

Takroran yig‘majildni berish muddatlari arxiv rahbariyati tomonidan belgilanadi. O‘quv xonaga qatnamagan taqdirda takroran berish odatda 3 oydan keyin o‘tkaziladi.

Foydalanish fondi mavjud bulgan taqdirda kog‘oz asosidagi asl nusxa hujjatlar odatda o‘quv xonaga berilmaydi.
Asl nusxa hujjatlar favqulotda xollardagina arxiv rahbariyatining ruxsati bilangina beriladi. Masalan, xujjatning tashqi xususiyatlarini o‘rganish zarur bo‘lib qolganda, texnikaviy jixozlar nosoz bulganda, hujjatlarning nusxalari sifatsiz bulganda va boshqa xollarda.

Kinosuratfono xujjatlarning faqat nusxasi beriladi.

26. Arxiv xujjatlarining saqlanishinita’minlash maqsadida quyidagilarga ruxsat etilmaydi:

a)   o‘quv xonalariga portfellar, sport va xo‘jalik xaltalari, zontlar bilan kirish;

b)   chekishga, oziq-ovqat maxsulotlarini iste’mol qilishga, ichimliklar ichishga maxsus ajratilgan joylardagina ruxsat etiladi.

v)   xujjatlarni o‘quv xonadan olib chiqish, ularni boshqa shaxslarga berish, varaqlarni bir yig‘majilddan boshqasiga olib qo‘yish, arxiv xujjatlari ustiga qo‘yilgan qog‘oz varaqlarga yozish, varaqlarning burchaklarini qayirish, yig‘majild ustiga yot buyumlarni qo‘yish, xujjatlardan kalkaga nusxa ko‘chirish, yig‘majildlarni ochiq xolda, quyosh nuri va elektr yorug‘ligida uzoq vaqt mobaynida ximoyalanmagan tarzda qoldirish;

g)    xujjatlar bilan ishlashda yelim, skotch, yozuv mashinkasi shtrixi, nusxa ko‘chirish qog‘ozi, marker, siyohli ruchka, qaychi va boshqa qirquvchi buyumlardan foydalanish;

d)   arxiv xujjatlari matnlariga tuzatishlar kiritish, ularga belgi qo‘yish, uzgarish qilish, ostiga chizish ta’qiqlanadi.

Foydalanuvchilar ro‘yxatlar, yig‘majildlar (saqlash birliklari), xujjatlar va boshqa materiallarni olish chog‘ida o‘quv xona xodimining ishtiroki bilan ularning xolati va saqlanishini tekshirib chiqadilar.
Biror-bir nuqsonlar uchraganda yig‘majildlar varaqlarining tushib qolishi, varaqlarning raqamlanishida xatolar borligi aniqlanganda o‘quv xona xodimiga bu xaqda xabar berilishi lozim.

Yig‘majildlar va xujjatlarni berishni rad qilish yoki keyinga surish asoslangan bo‘lishi lozim hamda quyidagi xollarda yo‘l qo‘yiladi:
a)    yig‘majildlar va xujjatlar jismonan qoniqarsiz xolatda bo‘lganda;

b)    Respublika qonunlariga muvofiq yoki fondni tashkil etuvchining xujjatlarni doimiy saqlashga topshirish chog‘ida xujjatlardan foydalanishni cheklaganda;

v)      xizmatga doir topshiriqdarni amalga oshirish zarur bo‘lganda (ma’lumotnoma ishi, fondlarga mavzuiy ishlov berish, ta’mirlash, axborot materiallari tayyorlash, ilmiy-texnikaviy ishlov berish va xokazolar);

g)      yig‘majildlar boshqa muassasalarga vaqtincha foydalanish uchun berilganda;

d)    yig‘majildlar boshqa foydalanuvchiga berilganda;

ye)     buyurtma berilgan yig‘majildlar ko‘rgazmaga qo‘yilganda.

Ilmiy-texnixaviy ishlov berilmagan yig‘majildlar (xujjatlar) o‘quv honaga berilmaydi.




O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlari
o‘quv xonalarida foydala nuvchilarning
ishlash Qoidalariga

Ilova



ARXIVNING NOMI

FOYDALANUVChINING SO‘ROV VARAQASI

Familiyasi_______________________________________________

Ismi_____________________ Otasining ismi_________________

Foydalanuvchining tug‘ilgan sanasi va joyi____________________

Foydalanuvchini yuborgan tashkilot, uning manzili

Ma’lumoti, ilmiy darajasi, unvoni

Tadqiqot mavzui va maqsadi, xronologik doirasi

Manzilgoxi (turar joyi)

Telefon: (uy)__________________ (ish) _

Shaxsni tasdiqdovchi xujjat seriyasi va №



O‘zbekiston Respublikasi davlat arxivlari o‘quv xonalarida foydalanuvchilarning ishlash Qoidalari bilan tanishib chiqdim va ularni bajaraman.



(sana)

( imzo )






[1] Bundan buyog‘iga - foydalanuvchilar

[2]Bundan buyog‘iga - arxiv, arxivlar

[3] Bundan buyogiga - o‘quv xonalar





Yuklab olish (*.doc 42.1 kb)