2016 yilning 16 sentyabrida “O‘zarxiv” agentligining navbatdan tashqari Hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 

2016 yilning 16 sentyabrida “O‘zarxiv” agentligining navbatdan tashqari Hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilish kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2016 yil 13 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarishni vaqtincha yuklash to‘g‘risida”gi 2016 yil 8 sentyabrdagi Qo‘shma Qarorini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi – O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida bayon qilingan topshiriqlarni amalga oshirishga doir birinchi navbatdagi chora tadbirlar haqida”gi 80-sonli bayoni ijrosini ta’minlash masalalari muhokama etildi.

Selektor tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishda Arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari, viloyat va tuman davlat arxivlari direktorlari va xodimlari ishtirok etdilar.

Agentlik Axborot xizmati