2017 yilning 20 yanvarida “O‘zarxiv” agentligi Hay’atining kengaytirilgan ochiq yig‘ilishi o‘tkazildi.

2017 yilning 20 yanvarida “O‘zarxiv” agentligi Hay’atining kengaytirilgan ochiq yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil Departamenti vakili, Agentlik markaziy apparati xodimlari, markaziy davlat arxivlari direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari, viloyat, tuman, shahar davlat arxivlari direktorlari va Toshkent axborot texnologiyalari universitetining o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdilar.

Ochiq hay’at yig‘ilishida “O‘zarxiv” agentligi tizimida 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat yakunlari va 2017 yilning ustuvor yo‘nalishlari, davlat arxivlarining jamlash manbalari ro‘yxatini tuzish hamda Respublika fond katalogi va davlat katalogiga ma’lumotlar taqdim etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati “O‘zarxiv” agentligi va markaziy davlat arxivlarining 2016 yil harajatlari smetasi ijrosi hamda pulli xizmatdan tushgan daromadlarining sarflanishi Davlat arxivlarining ish faoliyatini nazorat va tahlil qilishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan kelib tushgan so‘rovlar ijrosi hamda Respublika arxiv muassasalarida ijro intizomining holati, “O‘zarxiv” agentligi tizimi idoralarida korrupsion illatlarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish holati tahlil etildi.

Tanqidiy o‘tkazilgan hay’at yig‘ilishida sohada kamchiliklarga va suskashtlikka yo‘l qo‘ygan ayrim arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlariga intizomiy choralar ko‘rildi.

 

Agentlik Axborot xizmati