30 mart kuni “Balli qizlar” bellashuvi o‘tkaziladi

 

“O‘zarxiv” agentligining 2017 yil I yarim yilligiga mo‘ljallangan Asosiy ish Rejasining 8.1-bandiga muvofiq joriy yilning 30 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar  arxiv ishi hududiy boshqarmalari  hamda O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari xodimalari o‘rtasida “Balli qizlar” bellashuvi o‘tkazilish rejalashtirilgan. Mazkur bellashuvning shartlari quyidagicha:

   tanishtiruv - ishtirokchilar o‘zlari faoliyat yuritayotgan arxiv bo‘yicha amalga oshirgan ishlari yuzasidan prezentatsiya (taqdimot, videorolik va x.k) qiladilar - 3 daqiqa;

saxnada muayyan bir mahoratni taqdim etish (soch turmagi, tikish-bichish, to‘qish, karvin va boshqa amaliy hunar) - ishtirokchilar bir vaqtda so‘zsiz sahnada bajaradilar – 10 daqiqa;

arxiv ishi faoliyatida yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlarga maqbul yechim topish bo‘yicha sahna ko‘rinishi - arxiv muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, arxivchilar etikasi, arxiv hujjatlari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha saxna mahoratlarini ko‘rsatgan holda sahna ko‘rinishlari bilan chiqish – 10 daqiqa;

arxiv ishi, AKT bo‘yicha va mantiqiy savol-javoblar – ishtirokchilar hakamlar hay’ati tomonidan taqdim etilgan savollarga javob beradilar (har bir savolni o‘ylash uchun 0.5 daqiqa, javob berish uchun 0.5 daqiqa vaqt beriladi)

Bellashuv g‘olib va ishtirokchilari Hakamlar hay’ati raisi tomonidan I, II va III darajali diplom hamda 3 ta rag‘batlantiruvchi o‘rinlar sovrindorlari sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

Agentlik Axborot xizmati