Arxiv ishi mas’uliyatli vazifa

Andijon viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasining 2016 yil 1-yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq viloyat davlat arxivi binosida 2016 yilning 28 iyun kuni viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalarining arxiv ishi va ish yuritish uchun mas’ul xodimlari uchun o‘quv seminari o‘tkazildi.

O‘quv seminarida Andijon shahrida faoliyat yuritayotgan 30 ga yaqin davlat boshqaruv idoralari, tashkilotlar va korxonalarning arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha mas’ul xodimlari qatnashdilar.

Seminarni viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sh.Xaydarov kirish so‘zi bilan ochib, viloyat davlat arxivida o‘tkazilayotgan o‘quv seminarni mazmun-mohiyati va tashkilotlarning idora arxivlari faoliyatida ish yuritishidagi ahamiyati haqida gapirib o'tdi.

Viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi N.Zuxriddinov, viloyat davlat arxivi yetakchi arxivchisi O.Shokirovlarning arxiv, idoraviy arxiv, ish yuritish, Milliy arxiv fondi tushunchalari bo‘yicha izohlari hamda arxivlarning turlari, arxiv va axborot resurslarining saqlov bosqichlari, arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha normativ-huquqiy baza, arxiv hujjatlarini saqlash uchun sharoit yaratish bo‘yicha idoraviy arxivlarda qilinadigan ishlar haqidagi ma’ruzalari tinglandi.

Ma’ruzachilar seminar qatnashchilarining ish yuritish va idoraviy arxivlar ishini tashkil etish bo‘yicha qiziqtirgan savollariga javob berdilar.

O‘quv seminari yakunida ishtirokchilar viloyat davlat arxivi hujjat saqlovxonalariga tashrif buyurib, arxiv fondlarida saqlanayotgan tarixiy hujjatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Agentlik axborot xizmati