ARXIV IShI SOHASINING MO‘TABAR MURABBIYSI!!!

Bugun 1 oktyabr- Ustozlar va murabbiylar kuni arafasida Toshkent shahar arxiv ishi boshqarmasi  rahbarlari  arxiv sohasida, shu jumladan “O‘zarxiv” agentligi bosh direktori o‘rinbosari lavozimida  uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan, arxiv ishi sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lgan va  o‘z bilim hamda ko‘nikmalarini ko‘plab shogirdlarga o‘rgatgan, bugungi kunda  naafaqadagi Valentina Ivanovna Kuzmenko xonadoniga tashrif buyurib, mazkur bayram bilan tabrikladilar.
Valentina Ivanovna Kuzmenko  arxiv ishi sohasidagi erishgan yutuqlari uchun Mehnat fahriysi unvoniga sazovor bo‘lib, ko‘plab Hukumat va “O‘zarxiv” agentligi fahriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
Bugungi kunda uning qator shogirdlari, xususan, Dildora Kucharova, Dilbar Zakirova, Gulnora Bekmuxammedova, Alijon Mahkamov, Shuxrat Xojiboyev, Saodat Abbasova, Jamila Abduvoxidova, Abduvali Mamanazarovlar arxiv ishi sohasida samarali rahbarlik qilib kelmoqdalar.
Ushbu bayram arafasida biz Valentina Ivanovnaning shogirdlari ularga mustahkam sog‘lik tilab qolamiz!!!