O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI


Arxiv ishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi

Joriy yilning 23 sentyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunini imzolandi.

Ushbu qonunga ko‘ra amaldagi bir nechta kodeks va qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Jumladan, arxiv sohasiga aloqador bo‘lgan muhim yangiliklardan biri O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksining 215-moddasiga “Arxiv ishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish” nomli 4-prim modda qo‘shilganligi bo‘ldi. Unga ko‘ra, arxiv hujjatlarini topshirishning, saqlashning, ulardan foydalanishning, xuddi shuningdek arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmatlar ko‘rsatishning belgilangan tartibini buzish, -

fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslar va xizmatchilarga esa — ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, -

fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslar va xizmatchilarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qonunning to’liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishishigiz mumkin.

Agentlik axborot xizmati