O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI


“Arxiv muassasalarida hozirgi kundagi eng dolzarb masalalar” mavzusida seminar hamda 2016 yil 9 oylik yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2016 yil 20-21 oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivi binosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan “Arxiv muassasalarida hozirgi kundagi eng dolzarb masalalar” mavzusida seminar hamda 2016 yil 9 oylik yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi tashkil etildi.

Ushbu seminar va yig‘ilishda arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari hamda markaziy va viloyat davlat arxivlari direktorlari ishtirok etdilar.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash tartibi, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan va internetdan foydalanish, arxiv ishi sohasidagi rahbarlar e’tibor berishi lozim bo‘lgan moliyaviy masalalar, arxiv muassasalarida elektron hujjat almashinuv tizimini joriy etish va ijro nazoratini tashkil etish, rasmiy veb-saytlar bilan ishlash, hujjatlarni raqamlashtirishga doir uskunalar va xizmatlar taqdimoti, “Tis kadrlar” elektron dasturi kabi masalalar yoritib berildi. Seminar yakunida tinglovchilarning bilimi test sinovlaridan o‘tkazildi.

“O‘zarxiv” agentligining 2016 yil 9 oy yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hay’ati yig‘ilishida tizimdagi 9 oylik ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va iqtisodiy islohotlarning bajarilishi, arxiv muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi, korrupsiyaga qarshi kurashish holati muokama qilindi.

Seminar hamda yig‘ilish yakunida savol-javoblar, bahs-munozaralar tashkil etildi, barcha ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Agentlik Axborot xizmati