Аrxiv zarvaraqlarida Mahmudxoʼja Behbudiy

O‘zbekiston Milliy arxivi saqlovidan o‘rin olgan Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayot faoliyati va uning oila a’zolari haqidagi qisqacha ma’lumot beruvchi hujjatlar alohida qiymatga ega.
Ulardan inqilobgacha bo‘lgan davr hujjatlari saqlovxonasidagi “Turkestanskogo rayonnogo Oxrannogo otdeleniya” fondidagi bir hujjatni misol keltirishimiz mumkin.
Ushbu hujjat Samarqand politsmeysteri, podpolkovnik Shvedov tomonidan Turkiston tuman Qo‘riqlash bo‘limi (TROO) ko‘rsatmasiga muvofiq maxfiy surishtiruvdan so‘ng 1913 yil 9 noyabrda yozilgan raport. Raportda Mahmudxo‘ja Behbudiyning tarjimai holi, oilaviy ahvoli, ish faoliyati haqida qisqacha ma’lumot olishimiz mumkin.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати