​Arxivchilarning xalqaro konferensiyasi


Arxivchilarning xalqaro konferensiyasi

Joriy yilning 19-20 may kunlari Polshaning Varshava shahrida Polsha davlat arxivlari bosh direktsiyasi va Milliy Xotira instituti (Institute of National Remembrance) toshkilotchiligida Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari arxivlarining “Tarixning murakkab masalalari va arxivlar” mavzusida XVI xalqaro konferensiya o'tkazildi.

Tadbirlarda Ruminiya, Rossiya, Belorusiya, Bolgariya, Bosniya-Gertsogovina, O'zbekiston, Ukraina, Polsha, Kozog'iston, Qirg'iston, Estoniya, Xorvatiya va boshqa xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirok etdi.

O'zbekistondan vakil sifatida “O'zarxiv” agentligining Toshkent shahar Arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig'i A.Mahkamov “O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi yillarida qatag'on qurbonlari xotirasini abadiylashtirishning yangi yo'nalishlari” mavzusidagi ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

Ma'ruzada qatag'on qurbonlari xotirasini abadiylashtirishning barcha yo'nalishlari bo'yicha olib borilayotgan ishlar (1937-1953 yillar), fojeaviy taqdirlar, O'zbekistonning arxiv hujjatlari hamda ushbu mavzu bo'yicha tarixchilar va arxivchilar oldida turgan istiqboldagi ishlar ta'kidlab o'tildi.

Agentlik Axborot xizmati