Axborot xizmati xodimlari o‘quvi

Axborot xizmati xodimlari o‘quvi

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bilan hamkorlikda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari axborot xizmatlari xodimlari malakasini oshirishga bag'ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.

Prezidentimiz rahnamoligida aholining axborot olish huquqi to‘la ta’minlanmoqda. O'zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonuni bu borada huquqiy asos bo‘lmoqda.

Aholining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatidan xabardor bo‘lishida axborot xizmatlari muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda barcha vazirlik va idoralarda axborot xizmatlari tashkil etilgan bo‘lib, ular tashkilotda amalga oshirilayotgan ishlar, turli dastur va loyihalar xususida aholi, jurnalistlarni muntazam xabardor etib bormoqda.

– Xizmatimiz davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi, elektron hukumatga doir qonunchilikka muvofiq yo‘lga qo‘yilgan, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi matbuot xizmati rahbari Adhamjon Usmonov. – Ommaviy axborot vositalari, fuqarolar bilan mustahkam aloqa o‘rnatilgan. Bu yurtdoshlarimizning ijtimoiy, siyosiy faolligi ortishi, tegishli ma'lumotlarni o‘z vaqtida olish imkonini bermoqda.

O‘quv-seminarda axborot xizmatlari faoliyatini takomillashtirish, xodimlarning professional mahoratini oshirishga doir mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Manba: www.uza.uz