Bir guruh arxiv muassasalari rahbarlari va arxivchilar taqdirlandilar

Bir guruh arxiv muassasalari rahbarlari va arxivchilar taqdirlandilar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligini munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi arxiv muassasalari xodimlarini ko‘p yillik samarali mehnati, arxiv ishini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtiroki uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tizimi Faxriysi” va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi Faxriy yorlig‘i” hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi Bosh direktori Tashakkurnomasi” idoraviy mukofotlari Nizomlariga muvofiq Agentlik tizimidagi bir guruh arxiv muassasalari rahbarlari va arxivchilar taqdirlandilar:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tizimi Faxriysi”

Matrasulov Raximbergan Ismailovich Xorazm viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi Faxriy yorlig‘i”

Mengliyev Abuali O‘sarovich – “O‘zarxiv” agentligi bo‘lim boshlig‘i;
Bekova Sayyora Saidovna – Navoiy viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i;
Abduvoxidova Jamila Abdurashidovna – Qashqadaryo viloyati Davlat arxivi direktori;
Abbasova Saodat Ibragimovna – Buxoro viloyati Davlat arxivi direktori; 
Shirmuxamedova Karomat Monapovna – O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi bo‘lim mudiri; 
Ro‘ziyev Zokir Karimovich – Buxoro viloyati Qorako‘l tuman davlat arxivi direktori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi Bosh direktorining Tashakkurnomasi”

Kulbayev Sabur Muxtarovich – Jizzax viloyati Davlat arxivi direktori; 
Mavlanov Sherali Lolayevich – Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tuman Davlat arxivi direktori; 
Gulomov Maxamadraim Maxamadaminovich – O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari Markaziy davlat arxivi bo‘lim mudiri; 
Asadova Saodat Hikmatovna – Samarqand viloyati Davlat arxivi, Tashkilot hujjatlarini shartnoma asosida tartibga keltirish guruhi rahbari; 
Axmadaliyeva Odinaxon Rasuljon qizi – Andijon viloyati Asaka tuman davlat arxivi arxivchisi; 
Ro‘zimov Rustam Shuxratovich – Toshkent viloyati Davlat arxivi 1-toifali arxivchisi; 
Ergasheva Yulduzxon Nasirovna – Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar davlat arxivi arxivchisi