“Bir million daraxt” aksiyasida arxivchilar ham ishtirok etdilar

2020 yil 20 fevral' kuni Navoiy viloyati bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Bir million daraxt” aksiyasi doirasida viloyat korxona, tashkilot va muassasalari xodimlari ishtirokida Navoiy shahrida yaratilayotgan “Kelajak bog‘i”da daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Ushbu aksiyada viloyat hokimi K.Tursunov ishtirok etganligi hasharchilarda o‘zgacha kayfiyat o‘yg‘otdi. Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi va viloyat davlat arxivi xodimlari ham faol ishtirok etishdi va 100 ga yaqin daraxt ko‘chatlari o‘tqazishib bog‘ yaratilishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.                 

                                                                                                           "O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati