"Birinchi o‘zbek fotografi va kinooperatori Xudoybergan Devonov" nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

"Birinchi o‘zbek fotografi va kinooperatori Xudoybergan Devonov" nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
 
2020 yil 22 yanvar' kuni Toshkent Fotosuratlar uyida Karimov Fondi tomonidan nashr etilgan "Birinchi o‘zbek fotografi va kinooperatori Xudoybergan Devonov" nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Nashr Mustaqil O‘zbekiston asoschisi Prezident Islom Karimov tavalludining 82 yilligiga bag‘ishlangan turkum tadbirlar doirasida chop etildi. Atoqli olim, akademik Naim Karimov tomonidan yaratildi bu kitob. Kitobni yaratishda O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivining kinofoto hujjatlaridan keng foydalanildi. Kitob taqdimot marosimida Xudoybergan Devonovning fotosuratlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, arxivda saqlanayotgan X.Devonovning ijodiga bag‘ishlangan "Qafasdagi qaldirg‘och" fil'mi namoyish etildi. Kitob muallifi Naim Karimov tomonidan tadbirda arxivga aloxida minnatdorchilik bildirildi hamda Naim Karimov tomonidan imzolangan kitob arxivga taqdim etildi.

"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati