BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI VAKILLARINING O‘ZBEKISTON DAVLAT ARXIVLARIGA TASHRIFI

Shu kunlarda mamlakatimizda Birlashgan Arab Amirliklarining Milliy arxivi rahbari o’rinbosari Majid Sultan Alixeyri boshchiligidagi delegatsiya mehmon bo’lib turibdi. Mazkur tashrifning maqsadi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, ilg’or tajribalarni almashish va kelgusida hamkorlikda faoliyat olib borishdir.

Dastlab mehmonlarga «O’zarxiv» agentligi Bosh direktori tomonidan Agentlik tizimidagi arxiv muassasalarining bugungi kundagi faoliyatlari, soxani rivojlantirish maqsadida istiqbolli rejalar hususida umumiy ma’lumot berildi.

Shundan so’ng mexmonlar poytaxtimizdagi Markaziy davlat arxivlari faoliyati bilan yaqindan tanishishi maqsadida O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, O’zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari va Kinofotofono hujjatlari Markaziy davlat arxivlariga tashrif buyurishdi.

Amirlik arxivchi mutaxasislarga Markaziy davlat arxivlari tarixi, asosiy faoliyat yo’nalishlari, bo’limlar faoliyati va bugungi kunda arxivlar faoliyatini rivojlantirish, shuningdek faoliyatni avtomatlashtirish, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishda amalga oshirilgan ishlar xususida batafsil ma’lumotlar berildi. Mehmonlar Agentlik tizimidagi arxiv muassasalarda hujjatlar saqlovi, xavfsizligini va saqlovxonalar holati, tizimda amalga oshirilgan loyihalar va hujjatlarning raqamlashtirish ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdilar. O’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.