O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI


“Biz 25 yoshdamiz” shiori ostida “Respublika arxivchilar forumi” o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olishni ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2016 yil 30 maydagi 50-son bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, yosh arxivchilarni vatanparvarlik va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish, intelektual salohiyatlarini rivojlantirish, mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida do‘stlik, ahillik va mehr-oqibat tuyg‘ularini yanada kamol topishi uchun zamin yaratib berish maqsadida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan Farg‘ona shahrida 21-22 iyul kunlari “Biz 25 yoshdamiz” shiori ostida “Respublika arxivchilar forumi” o‘tkazilmoqda.

Ushbu yoshlar forumini ommaviy ahborot vositalari orqali keng jamoatchilikka yetkazish uchun jurnalist va muhbirlarni taklif etamiz.

Murojaat uchun telefon: 0371 277-11-68
“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati bo‘limi