Bolalarga Prezident sovg'alari

Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida, madaniyat va san'at saroylarida Yangi yil bayrami tadbirlari bo'lib o'tmoqda. Qorbobo va Qorqiz, turli ertak qahramonlari ishtirokidagi tomoshalar yoshlarni vatanparvarlik, do'stlik, fidoyilik, tinchlik va osoyishtalikning qadriga etish kabi ezgu g'oyalarga undamoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarga ko'rsatilayotgan mehr-e'tibor, bilim olishi, o'qib-izlanishi uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar ularni dunyoda hech kimdan kam bo'lmagan avlod etib tarbiyalashda muhim omil bo'layotir.

Har yili Yangi yil arafasida “Prezident archasi” shodiyonalari saodatli, tinch-osoyishta kunlarimizga, osmonimiz musaffoligiyu, istiqlol ne'matlariga shukronalik tuyg'ulari bilan uyg'un bo'ladi. Bolalar uchun beg'ubor orzu-umidlar bayramiga aylangan ushbu tantanalar davomida Prezidentimiz sovg'alari kichkintoylarning quvonchiga quvonch qo'shadi.

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, “Sen yolg'iz emassan” respublika bolalar jamoatchilik jamg'armasi tomonidan bir qator tashkilotlar hamkorligida ushbu bayramni yuksak saviyada o'tkazish maqsadida bolajonlar uchun turli-tuman, ajoyib tuhfalar tayyorlandi.

Ayni kunlarda mas'ul tashkilotlar tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyatlarga Prezidentimizning bolajonlarga atalgan Yangi yil sovg'alarini etkazish ishlari boshlab yubo

Ayni kunlarda mas'ul tashkilotlar tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyatlarga Prezidentimizning bolajonlarga atalgan Yangi yil sovg'alarini etkazish ishlari boshlab yuborilgan.

Mehribonlik va Muruvvat uylari o'g'il-qizlari, “SOS – bolalar mahallalari” tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar uchun Prezident sovg'alari tayyorlanib, joylarga etkazilmoqda. Bu e'tibor ularning yaxshi ta'lim-tarbiya olishi, o'z bilim va salohiyatini yuksaltirishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Sovg'alar 29 dekabrdan boshlab Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda tashkil etiladigan “Prezident archasi” tadbirlarida kichkintoylarga tantanali ravishda topshiriladi.

Bu kabi tadbirlar yosh avlod kamoloti, ularning milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida voyaga etishi, Vatani va xalqi taqdiriga daxldorlik hissi bilan ulg'ayishi, porloq istiqboli yo'lida ko'rsatilayotgan ulkan e'tiborning amaliy ifodasidir.

Manba: O'zA