DAVLAT TILIGA E’TIBOR!

 

Bundan besh asr muqaddam hazrat Alisher Navoiy:
“Turk nazmida chu men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam”, deb yozgan edi. Ya’ni, ul zot ona tili bayrog‘ini baland ko‘tarib, butun el-ulusni, yurtlarni shu bayroq ostida birlashtirdim, deb iftixor qilgan. 
Barchamizga yaxshi ayonki, ona tili – millat ma’naviyatining mustahkam poydevoridir. Ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oyinai hayoti – bu uning milliy tili va adabiyotidir.

Sh.M.Mirziyoyev