O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI


Deputat bilan uchrashuv

Joriy yilning 28 iyun kuni Andijon viloyat davlat arxivi binosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Akmaljon Jumaboyevning viloyat davlat arxivi xodimlari, saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sh.Xaydarov ochib, arxiv xodimlariga davlat arxiviga tashrif buyurgan Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati A. Jumaboyevni tanishtirdi.

Uchrashuvda deputat A.Jumaboyev viloyat davlat arxivi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida qonun ijodkorligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi yillarida yurtboshimizning odilona, oqilona olib borgan siyosati sharofati bilan mamlakatimiz, xususan viloyatimizda olib borilgan ulkan bunyodkorlik ishlari xaqida to‘lqinlanib gapirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati A. Jumaboyev viloyat davlat arxivi xodimlarini qiziqtirgan savollariga javob qaytardi.

Agentlik Axborot xizmati