Hamkasbimiz “O‘z kasbining mohir egalari” Respublika bosqichi g‘olibi bo‘ldi

Hamkasbimiz “O‘z kasbining mohir egalari” Respublika bosqichi g‘olibi bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivining “Turli muassasa hujjatlarini yig‘ish, ularni qimmatdorligini aniqlash bo‘limi” bosh arxivchisi Abdullayeva Mohira Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan tashkil etilgan “O‘z kasbining mohir egalari” ko‘rik tanlovida ishtirok etdi va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ko‘rik tanlov joriy yilning 21 oktyabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmasi federatsiyasi binosida bo‘lib o‘tdi. Tanlov g‘olibi M.Abdullayeva mustaqilligimizning 25 yilligi munosabati bilan, ko‘p yillik samarali mehnati va istiqlol yillarida erishgan yutuqlarini mustahkamlashga, Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga qo‘shgan munosib hissasi uchun “O‘z kasbining mohir egasi” diplomi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur tadbirning keyingi respublika bosqichi joriy yilning 28 oktyabr kuni “Sayohat” mehmonxonasining o‘quv bo‘limida bo‘lib o‘tdi va M.Abdullayeva O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi “O‘z kasbining mohir egalari” ko‘rik tanlovi respublika bosqichi g‘olibi diplomi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Agentlik axborot xizmati