O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI


Bugun “ICTSUMMIT – 2016” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sammiti o‘tkazildi.

“ICTWEEK Uzbekistan” haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi, Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa qator hamkor tashkilotlar tomonidan “ICTSUMMIT – 2016” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sammiti tashkil etildi.

2004 yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “ICTWEEK Uzbekistan” haftaligi mutaxassislar va axborot texnologiyalaridan foydalanuvchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Mazkur sammitda hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish va mustahkamlash, sohadagi yutuq va muammolarni muhokama qilish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashish maqsadida O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar mutaxassislari ishtirok etdilar.

Ushbu sammitda “O‘zarxiv” agentligining bo‘lim boshlig‘i A.Aliyev faol ishtirok etdi.

Agentlik Axborot xizmati