Joriy yil 29 sentyabr kuni "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov 38-son “OROM” Ixtisoslashtirilgan maktab jamoasini tabriklash uchun bordi.

Gulnora Marayimovna. Gulchexra Saidaliyevna, Afelya Ablakulovna kabi Ustozlarga alohida "MINNATDORChILIK XATI" topshirildi. Ustozlar o‘quvchilarining tashriflaridan bag‘oyat mamnun bo‘ldilar.
Bugungi kunda “OROM” ixtisoslashtirilgan maktabida tahsil olganlarning ko‘pchiligi turli sohalarda, jumladan davlat boshqaruv tizimlarida faoliyat olib bormoqdalar va barchasining qalbida ta’lim bergan ustozlariga cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari mujassam!
Hurmatli Ustozlarni yana bir bor kasb bayrami bilan tabriklaymiz, barcha Ustozlarga sihat-salomatlik, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz!!!


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати