Joriy yil 7 avgust kuni soat 11.00 da “Korrupsiya davlat va jamiyat tarakkiyotining kushandasi – unga karshi birgalikda kurashaylik” mavzusida vebinar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Vebinarda “O‘zarxiv” agentligi direktori, o‘rinbosari, maslahatchilari, xodimlari, Bosh prokuratura mas’ullari, ommaviy axborot vositalari vakillari, CERT INTERNATIONAL xalqaro sertifikatlashtirish organi ekspertlari, O‘zbekiston milliy arxivlari direktorlari, Arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari, viloyat, shahar tuman davlat arxivlari raxbarlari ishtirok etishi ko‘zda tutilmoqda.
Vebinar tafsilotlari bilan ijtimoiy tarmoqlardagi saxifalarimiz orqali tanishtirib boramiz. 


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати