Joriy yilning 4 – 14 may kunlari Toshkent fotosuratlar uyida "Xalq xotirasi muqaddasdir" nomli arxiv foto va hujjatlar ko’rgazmasi bo’lib o’itishini ma’lum qilamiz.

9- may “Xotira va qadrlash kuni” O’zbekiston xalqining Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun jon fido etgan farzandlari xotirasini abadiylashtirish, yosh avlodni tarbiyalash, kamolga yetkazish yo’lida munosib ulush qo’shayotgan faxriylarni e’zozlash, qadrlash kunini nishonlash muqaddas burchimizdir. Mangu xotira izlarini saqlab kelayotgan, urush yillari o’z hayotlarini xalqimiz sharafini himoya qilishga, yer yuzidagi barcha xalqlarning tinch va osoyishta hayot kechirishlari uchun jon fido etgan yurtdoshlarimiz harakatlari aks etgan arxiv hujjatlari, o’sha davrda olingan kino, sur’at va ovozli noyob hujjatlari bilan tanishish barchamiz bilishimiz kerak bo’lgan tarixiy dalillardir.

“O’zarxiv” agentligi tomonidan Ikkinchi jaxon urushida qatnashgan ajdodlarimiz ruhi-poklarini yod etish, qadrlash va o’sha davr nafasini bir zumga yodga olish maqsadida 4 – 14 may kunlari Toshkent fotosur’atlar uyida “Xalq xotirasi muqaddasdir” nomli arxiv foto va hujjatlar ko’rgazmasi bo’lib o’tadi.

Shu qatorda, bayram kunlari Toshkent metropoliteni stantsiyalarning monitorlarida “Xalq xotirasi muqaddasdir” mavzusida arxivlarda saqlanayotgan kino va foto lavhalar qo’yib boriladi.