O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI


Maqtov yorlig'i bilan taqdirlandi

Joriy yilning 16-27 may kunlari “O'zarxiv” agentligining “Elektron arxivlar va hujjatlarni yuritish” bo'lim boshlig'i Anvarjon Orifjonovich Aliev O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro Muhofazasi institutida 18 nafar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mutaxassislari ichida o'quv dasturini a'lo o'zlashtirganligi, jamoat ishlarida faol ishtiroki va namunali xulqi uchun maqtov yorlig'i bilan taqdirlagan yagona tinglovchi bo'ldi.

Shuningdek, A.Alievga Fuqaro muhofazasi institutida 80 soatlik o'quv dasturini to'liq o'zlashtirganligi uchun institut tomonidan guvohnoma berildi.

Agentlik Axborot xizmati