O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI


Markaziy ekspert-tekshiruv komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2016 yilning 28 avgustida “O‘zarxiv” agentligining Markaziy ekspert-tekshiruv komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi, “Teatr” adabiy-badiiy, axborot-reklama jurnali tahririyati, Respublika onkologiya markazining ekspert komissiyasi hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi tomonidan ishlab chiqilgan “Davlat arxivlarida hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibiga oid uslubiy ko‘rsatma”, “O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlarida jamlash manbaalari bilan ishlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar” hamda “Tashkilotning ilmiy-texnikaviy va ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etuvchi saqlov muddatlari ko‘rsatilgan namunaviy hujjatlar ro‘yxati” (“Перечень типовых документов, образующихся в научно-технической и производственной деятельности организаций, с указанием сроков хранаения”) me’yoriy hujjatlari ko‘rib chiqilib, komissiya tomonidan ma’qullandi.

Agentlik axborot xizmati