O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI


Mustaqillik kubogi” sport o’yinlari

Joriy yilning 1 avgustida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan Mustaqilligimizning 25 yilligi munosabati bilan stol tennis, futbol va shashka yo’nalishi bo’yicha “Mustaqillik kubogi” sport o’yinlari o‘tkazildi.

Mazkur sport musobaqasida Toshkent shahar va Toshkent viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmalari va Markaziy davlat arxivi hodimlari faol ishtirok etdilar.

Sport musobaqasi so'ngida faol ishtirok etgan xodimlarga esdalik sovg’alari va rag’batlantiruvchi mukofotlar berildi.

Agentlik Axborot xizmati