O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI



Joriy yilning 9 fevral kuni “O‘zarxiv” agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti ta’biri bilan aytganda, mutafakkirlarning mutafakkiri, avliyolarning avliyosi, shoirlarning sultoni – Mir Alisher Navoiyni xazratlari xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda xalqimiz ma’naviy dunyosining shakllanishiga g‘oyat kuchli va samarali ta’sir ko‘rsatgan buyuk mutafakkir, shoir Alisher Navoiy hayoti va ijodi tahlil qilinib, “O‘zarxiv” agentligi markaziy apparati va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi xodimlariga Alisher Navoiyning g‘azal, ruboiylari va hikmatli so‘zlaridan namunalar o‘qib eshittirildi. Shuningdek, shoir qalamiga mansub g‘azallar asosida tayyorlangan mumtoz va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarning ko‘nglini hushnud etdi.

Agentlik Axborot xizmati