Ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi

 

2017 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy texnika va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivida (Manzil: Toshkent shahar, “Nozimaxonim” ko‘chasi, 86-uy) jismoniy va yuridik shaxslar (ularning vakillari) uchun joriy yilning 1 mart kuni (kelgusida har oyning ohirgi seshanba kuni) arxiv tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, Milliy arxiv fondi hujjatlari va arxivda saqlanayotgan hujjatlar to‘g‘risidagi ochiq ma’lumotlarni taqdim etish, shu bilan birga tashrif buyuruvchilar uchun arxiv hujjatxonalari bo‘yicha ekskursiyalar uyushtirish masalalariga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkaziladi.

Mazkur tadbirda jismoniy va yuridik shaxslarning keng ishtiroki ko‘zda tutilib, ular o‘zlarining arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha qiziqtirgan savollariga javob olishlari, arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tegishli konsultativ xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

Manzil: Toshkent shahar, Nozimaxonim ko‘chasi, 86-uy.

Mo‘ljal: Shifokorlar shaharchasiga yetmasdan oldingi bekat, 10, 28, 34, 82 va 92-avtobuslar.

Telefon: 0371 202-94-78

 

Agentlik Axborot xizmati