O‘quv zali faoliyatidan

O‘zbekiston Milliy arxivining o‘quv zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil  8 oktyabrdagi “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi F-5598-son Farmoyishi ijrosi asosida respublikamizning barcha hududlaridan Ilmiy ishchi guruh vakillari kelib tadqiqotlar olib bormoqdalar.
M.Z.Bobur nomidagi Andijon davlat universitetining “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi” direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, tarix fanlari doktori, professor Rustambek Shamsuddinov O‘zMA rahbariyatiga “O‘zbekiston halqining buyuk g‘alabaga qo‘shgan hissasiga doir. 1941-1945 yillar” nomli mualliflik kitobini esdalik uchun taqdim etdi.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати