"O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIGA XIZMAT SAFARIGA JO‘NAB KETDI

Joriy yil 21 sentyabr kuni "O‘zarxiv" agentligi direktorining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari boshlandi.
Bugun soat 15.00 da O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti tomonidan 2020 yil 6 iyuldagi 08/1-1296-son bilan tasdiqlangan “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2020 yilning II yarim yillikda hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga muvofiq “O‘zarxiv” agentligi direktori U.M.Yusupov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari sayyor qabulini o‘tkazadi.
Xizmat safari tafsilotlari bilan tanishtirib boramiz.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати