Bugun soat 10.00da Markaziy davlat arxivi binosida “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda “Arxiv ishi: me’yoriy – huquqiy hujjatlar va ma’lumotlar to‘plami” loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi tomonidan tayyorlangan “Arxiv manbaalarida Turkiston o‘lkasi xalqlarining kundalik hayoti tarixi” to‘plami loyihasi (rus tilida), “Arxiv muassasalarida ish yuritishni tashkil etish bo‘yicha” uslubiy ko‘rsatma loyihasi va Markaziy davlat arxivlarning ilmiy tadqiqot ishlari tahlili muhokama etildi.
Ilmiy kengash a’zolari tomonidan kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi va muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.