“O‘zarxiv” agentligi tomonidan “Arxiv ishi va ish yuritish faoliyatini sifatli olib borilishining dolzarb masalalari” mavzusida respublika seminari tashkil etildi.

2017 yilning 19 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi binosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan Arxiv ishi va ish yuritish faoliyatini sifatli olib borilishining dolzarb masalalari” mavzusida respublika seminari etildi.

Ushbu seminarda arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari, markaziy, viloyat va tuman (shahar) davlat arxivlari direktorlari ishtirok etdilar.

Seminar davomida mutaxassislar tomonidan quyidagi mavzularda ma’ruzalar o‘qilib, ishtirokchilar bilan keng muhokama etildi:

— “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv ishi hududiy boshqarmalari va davlat arxivlarida jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, Agentlik Bosh direktori virtual qabulxonasi, Agentlikning ishonch telefoni va ishonch elektron pochtasi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan murojaatlari va so‘rovlarining bajarilishi bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar;

— ISO 9000 seriyasidagi xalqaro sifat standartlari asosida sifat menejmenti tizimini arxivlarda qo‘llashning asosiy tamoyillari; davlat arxivilarda tashkil topgan ho‘jalik hisobidagi guruhlarni faoliyatini yanada yaxshilash maqsadida byudjet tashkilotlari tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish tartibidan kelib chiqib, barcha arxiv massasalarida yagona tartibda ishlashni tashkil etish;

— Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha Agentlik tomonidan qabul qilingan hujjatlar va bu borada arxivlar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar; Arxivlar saqlovida bo‘lgan shaxsiy tarkibga oid hujjatlarning ro‘yxatlarini raqamlashtirish va elektron bazasini shakllantirish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar;

— “O‘zarxiv” agentligida axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligi talablarini ta’minlash bo‘yicha 2017 yil uchun chora-tadbirlar rejasi;

— Byudjet tashkilotlarida g‘azna ijrosi qoidalari to‘g‘risida;

— Viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari va markaziy, viloyat tuman davlat arxivlari direktorlari lavozimlari uchun kadrlar zahirasini shakllantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida;

— Davlat arxivlarining jamlash manbalari ro‘yxatini tuzish hamda Respublika fond katalogi (RFK) va davlat katalogiga ma’lumotlar taqdim etish bo‘yicha olib borayotgan ishlar holati;

—  “O‘zarxiv” agentligi tizimi idoralarida korrupsion illatlarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish holati.

Seminar yakunida savol-javoblar, bahs-munozaralar tashkil etildi, barcha ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Agentlik Axborot xizmati