“O'zarxiv” agentligining 2015 yil yakunlariga bag'ishlangan kengaytirilgan Hay'at yig'ilishi to'g'risida

“O'zarxiv” agentligining 2015 yil yakunlariga bag'ishlangan kengaytirilgan Hay'at yig'ilishi to'g'risida

2016 yil 22 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari Markaziy davlat arxivida O'R VM huzuridagi “O'zarxiv” agentligining 2015 yil yakunlariga bag'ishlangan kengaytirilgan Hay'at yig'ilishi bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari hamda Markaziy davlat arxivlari va viloyat davlat arxivlari direktorlari ishtirok etdilar.

Ushbu yig'ilishda “O'zarxiv” agentligi tizimida 2015 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va Respublika arxiv muassasalari 2016 yil iqtisodiy dasturining muhim va ustuvor vazifalari to'g'risida” O'zR VM huzuridagi “O'zarxiv” agentligi Bosh direktori A.H.Abdullaev, “O'zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to'g'risida”gi Qonuni va uni amalga oshirish borasida arxiv muassasalarining asosiy vazifalari to'g'risida” “O'zarxiv” agentligi bo'lim boshlig'i A.O.Aliev va A.H.Abdullaev, “Milliy arxiv fondi Davlat katalogini shakllantirish holati, fondlashtirish va qayta fondlashtirish ishlarining borishi to'g'risida” “O'zarxiv” agentligi bosh mutaxassisi N.N.Zuxriddinov va Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshkarmasi boshlig'i S.S.Bekova, “O'zarxiv” agentligi va Markaziy davlat arxivlarining 2015 yil harajatlari smetasi ijrosi hamda davlat arxivlarida pullik xizmatdan tushgan daromadlarning sarflanishi to'g'risida” O.Suyunov, A.X.Abdullaevning ma'lumotlari tinglandi.

Shuningdek, yig'ilishning turli masalalarida arxivlarga kelib tushayotgan so'rovlarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati, Vazirlar Mahkamasi Rayosat Majlisining 2015 yil 9 dekabrdagi 99-son bayonining joylardagi ijrosi, “O'zarxiv” agentligi tizimi idoralarida korruptsion illatlarning oldini olish hamda korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha amalga oshirilgan tadbirlar holati to'g'risida so'z yuritildi va tegishli topshiriqlar berildi. Yig'ilish savol-javoblarga va munozaralarga boy hamda ko'tarinki kayfiyatda o'tdi. “O'zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalari 2016 yil iqtisodiy dasturining muhim va ustuvor vazifalari va kelgusidagi rejalari belgilab olindi.

Kunning ikkinchi yarmida O'zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi majlislar zalida viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari, markaziy va viloyatlar davlat arxivlari direktorlari hamda AKT va axborotxavfsizligi bo'yicha mas'ul xodimlar uchun “Arxiv tizimida AKTni rivojlantirish va axborot xavfsizligi masalalari” mavzusida seminar bo'lib o'tdi. Seminarda O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xuzuridagi Axborot xavfsizligining 6 nafar etakchi mutaxassislari ishtirok etdilar va o'z ko'rsatma, tavsiyalarini berdilar.

Agentlik Axborot xizmati