O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivida Ekspert tekshirish-uslubiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivida Ekspert tekshirish-uslubiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2016 yilning 27 iyunida O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivida Ekspert tekshirish-uslubiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Komissiya yig‘ilishda jamlash manbaiga kiritilgan tashkilotlarning, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti, Yashnobod tumani tibbiyot birlashmasining ish yuritish yo‘riqnomalari; Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, Yashnobod tumani tibbiyot birlashmasi, Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan Kardiologiya markazi aksiyadorlik jamiyatining yig‘majildlar nomenklaturalari; Yashnobod tumani tibbiyot birlashmasi, Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining idoraviy arxiv to‘g‘risidagi nizomlari; “O‘zgeorangmetliti” davlat unitar korxonasi, Yashnobod tumani tibbiyot birlashmasi, Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, “Lukoyl O‘zbekiston Opereyting Kompaniyasi” Mas’uliyati cheklangan jamiyatining EK nizomlarini ma’qullash masalasi ko‘rib chiqildi va muhokama etildi.

Mazkur yig‘ilishda jamlash manbalari ro‘yxatiga kiritilgan “Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik” ilmiy-tadqiqot instituti, Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Xirurgiya Markazi Aksiyadorlik jamiyati, Respublika ixtisoslashtirilgan “Dermatalogiya va veneralogiya” ilmiy Markazi, Shaxar 2-son sil kasalliklari shifoxonasining Milliy arxiv fondiga kiritilgan hujjatlariga arxivning malakali mutaxassislari tomonidan ilmiy-texnikaviy ishlov berilib, hujjatlari tartibga keltirilganligi masalalari ko‘rib chiqildi va natijasi bo‘yicha tuzilgan ro‘yxatlari muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Bundan tashqari, tashkilotlarda olib borilayotgan tartibga keltirish ishlari jarayonida yuzaga kelayotgan ba’zi masalalar muhokamasi ham bo‘lib o‘tdi. ETUK a’zolari tomonidan ko‘rilgan masalalar yuzasidan o‘z fikr mulohazalari va takliflari bildirildi.

Manba: www.ntmd.uz