O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivida “Milliy armiyamiz mustaqilligimizning,   tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir” mavzuida davra suhbati tashkil etildi

Ma'lumki, Mustaqilligimizning ilk yillaridanoq mamlakatimiz mudofaasini kuchaytirish masalasi davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olindi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning 6 sentyabrdagi Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi Farmoni bilan bu boradagi ishlarga tamal toshi qo‘yildi. Keyinchalik Mudofaa ishlari vazirligiga aylantirildi. 1993 yilning 29 dekabrida 14 yanvar yurtimizda “ Vatan himoyachilari kuni” deb e'lon qilindi.

 

Shu munosabat bilan joriy yilning 16 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlar markaziy davlat arxivida 14 yanvar- “Vatan himoyachilari kuniga”  bag’ishlab “Milliy armiyamiz mustaqilligimizning,   tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivi qoshida tashkil etilgan “Ijro nazorati va ish yuritish mahorati”  seminar-treninglari tinglovchilari Toshkent shahar Yashnaobod qurilish kasb-hunar kolleji arxivshunoslik va ish yuritish fakulteti III kurs talabalari hamda arxivning barcha xodimlari ishtirok etdilar.

Davra suhbatining kirish qismini O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivi direktori Zakirova Dilbar Taxirovna ochib berdi. O‘zbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivi “Hujjatlar saqlovini ta’minlash bo’limi” arxivchisi Mamanazarova Azizabonu Avaz qizi “Bir o’lka bu-tuprog’ida oltin gullagan” mavzusidagi ma’ruzasi bilan, Yashnaobod qurilish kasb-hunar kolleji arxivshunoslik va ish yuritish fakulteti III kurs talabalari ham o’zlarinig ma’ruzalari bilan faol qatnashdilar ishtirok etishdi. Vatanimiz, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish, bugungi kunda har bir yigit qizning orzusi va burchiga aylanib bormoqda. 

Shu bilan birgalikda davra suhbati davomida “14 yanvar- “Vatan himoyachilari kuni”   mavzuida ko‘rgazma hamda arxiv bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

Bu kabi tadbirlarini o‘tkazishning mazmun-mohiyati shundan iboratki,  Respublikamiz Qurolli kuchlarining salohiyati va obro‘si, mamlakatimiz mustaqilligi hamda xududiy yaxlitligi, xalqimizning tinch hayotini va mustaqillikni mustahkamlash yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatini himoya qilish, ularni o‘z vataniga sodiq va fidoiy insonlar bo’lishida kollej o’quvchilari va arxiv jamoasiga muhim ahamiyat kasb etdi.

Kinofotofono hujjatlar markaziy davlat arxivi Axborot xizmati