O‘zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivida adabiy kecha

 

O‘zbekiston Respublikasi kinofotofonohujjatlari markaziy davlat arxivida joriy yilning 14 fevral kuni buyuk siymolar hazrat Alisher Navoiy hamda Zaxiriddin Muxammad Bobur ijodlariga bag‘ishlangan “Abadiyat gulshani” mavzusida adabiy kecha tashkil etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari, Chilonzor Pedagogika kolleji talabalari va arxiv xodimlari ishtirok etdilar.

“Abadiyat gulshani” mavzusidagi adabiy tadbirda talabalar ijrosida adabiyotimizning buyuk namoyondalari hazrat Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muxammad Bobur ijodlariga mansub asarlar, she’r, ruboiy va g‘azallar yangradi.

Shuningdek, talabalar va arxiv xodimlari o‘zlarining Alisher Navoi va Zaxiriddin Muhammad Bobur ijodi haqidagi qiziqarli malumotlari bilan so‘zga chiqdilar hamda Alisher Navoi haqidagi “Non isi” nomli sahna ko‘rinishini zo‘r mahorat bilan namoyish etdilar.

Tadbir so‘ngida namoyish etilgan arxiv fondidagi g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning “Xamsa” asariga bag‘ishlangan hujjatli film talabalarda katta tassurot qoldirdi.

 

Agentlik Axborot xizmati