O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI


 

Joriy yilning 6 dekabrida“O‘zarxiv” agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 31 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma to‘rt yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-4741-son Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zarxiv” agentligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusidagi madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi deputati va Respublika ma’naviyat va targ‘ibot markazi eksperti tomonidan konstitutsiya – yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni tarkib toptirish, xalqimiz uchun farovon hayot barpo etish, mamlakatimiz xalqaro maydonda munosib o‘rin egallab turishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, “O‘zarxiv” agentligi tizimidagi markaziy davlat arxivlari xodimlari tomonidan tayyorlangan ma’ruzalarda konstitutsiya inson huquqlari va barqarorligini kafolatlovchi hujjat ekanligi, uni har bir fuqaro yaxshi o‘zlashtirishi va unga qat’iy amal qilishi shartligi alohida e’tirof etildi. Shuningdek, mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng arxiv sohasida amalga oshirilgan samarali ishlar, islohotlar muhokama etilib, “O‘zbekiston arxivlar:kecha va bugun” mavzusida qiyosiy tahlillar olib borildi.

Tadbirda huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan qator ma’ruzalar tinglandi. Arxiv xodimlarining Konstitutsiya bayramiga bag‘ishlangan badiiy chiqishlari namoyish etildi.

Arxiv xodimlari qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini yanada kuchaytirish, ularni Bosh qomusimizning mazmun-mohiyati va unda mustahkamlangan huquqiy normalar bilan yanada kengroq tanishtirish maqsadida tashkil etilgan tadbir yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Agentlik Axborot xizmati