O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI


 

Joriy yilning 25 noyabrida “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining 2016-2017 yillarda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha amaliy harakatlar kompleks rejasi” ijrosi doirasida arxiv xodimlari bilan mutaxassislar ishtirokida “Korrupsiya tushunchasi, uning illatlarini oldini olishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi” kafedrasi mudiri, yuridik fanlari doktori O.M.Mahkamov tomonidan korrupsiya tushunchasiga atroflicha ta’rif berildi, uni vjudga kelishiga sabab bo‘luvchi shart-sharoitlar tushuntiribldi. Bu sohaga oid milliy qonunchiligimizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar hamda qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida ma’lumotlar qayd etildi. Jumladan, uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan chora-tadbirlar, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Suhbat yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Uchrashuv arxiv xodimlarida ijobiy taassurotlar qoldirdi.

Agentlik Axborot xizmati