O`zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida “Ma`muriy javobgarlik to`g`risida”gi kodeksga kiritilgan o`zgartirishlar bo`yicha seminar bo`lib o`tdi.

2017-yil 3-6 aprel kunlari O`zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida “Ma`muriy javobgarlik to`g`risida”gi kodeksga kiritilgan o`zgartirishlar bo`yicha seminar bo`lib o`tdi.

Ushbu seminarda O`zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi jamlash manbai bo`lgan tashkilotlarda arxiv ishiga ma`sul xodimlar, Markaziy davlat arxivi direktori, mutaxassislari va Toshkent shahar prokratura xodimlari ishtrok etishdi.

Seminar arxiv ishi va ish yuritishga oid meyoriy hujjatlar, arxiv ishi bo`yicha idoraviy arxivlarga ma`sul xodimlar e`tibor berishi lozim bo`lgan masalalar yoritib berildi hamda Toshkent shahar prokraturasi “Ma`muriy javobgarlik to`g`risida”gi kodeksga kiritilgan o`zgartirishlar bo`yicha ma`lumot berdi.

Seminar yakunida savol-javoblar, bahs-munozaralar tashkil etilib, barcha ishtirokchilar o`zlarining qiziqtirilgan savollarga javob oldilar.

Bunday seminarlarni tashkil etishdan asosiy maqsad arxiv hujjatlarini topshirish, saqlash, ulardan foydalanish, shuningdek arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmatlar ko`rsatishni belgilangan tartibini buzish va Milliy arxiv fondi hujjatlari yo`qolishini oldini olishga qaratilgan.