O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI


2015 yil 5-dekabr shanba dam olish kunini 2015 yil 7-dekabr dushanba kuniga ko‘chirish to‘g‘risida

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini nishonlash munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida:

2015 yil 5-dekabr shanba dam olish kuni 2015 yil 7-dekabr dushanba kuniga ko‘chirilsin;

2015-yil 5-dekabr shanba kuni ish kuni deb e’lon qilinsin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri,
2015-yil 20-noyabr.

 

Manba: O'zA