O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI


“O‘zarxiv” agentligining rasmiy vebsayti modernizatsiya qilinib, unda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish uchun Agentlik rahbariyatining virtual qabulxonasi ochildi.

Virtual qabulxona http://archive.uz/site/virtual-reception manzilida joylashgan. Internet foydalanuvchilari yuqoridagi manzilga kirib, maxsus shaklni to‘ldirish orqali “O‘zarxiv” agentligi bosh direktori Abdushukur Abdullayevga o‘z arizalari, shikoyatlari va takliflarini taqdim etishlari mumkin.

“O‘zarxiv” agentligiga murojaat qilishda jismoniy va yuridik shaxslarda elektron raqamli imzo bo‘lishi talab qilinmaydi. Shuningdek, agentlikning umumiy savollar va murojaatlar bo‘yicha (0371) 230-50-44 ishonch telefon raqami kecha va kunduz ishlab turibdi.

Agentlik Axborot xizmati