O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

 

Joriy yilning 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi kinofotofonohujjatlari Markaziy davlat arxivida barcha xodimlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov yodga olinib, buyuk yo‘lboshchimizning og‘ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda O‘zbekistonni rivojlanayotgan davlatlar qatoriga qo‘shganligi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligiga qo‘shgan hissasi, sermazmun hayoti va faoliyati muhrlangan foto hujjatlar bilan tanishdilar. Shuningdek, tadbir so‘nggida vatanimiz mustaqilligi va uning birinchi yo‘lboshchisiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi.

O’zR KFFH MDA Axborot xizmati