O'zR KFFH MDAda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlab o'tkazilgan “Vatan himoyachilari tarbiyasida arxivlarning ahamiyati” nomli davra suhbati to'g'risida

O'zbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlari Markaziy davlat arxivida kelajagimiz bo'lgan yosh avlodni to'g'ri va har tomonlama komil insonlar etib tarbiyalash, o'quvchi va talabalarning ta'lim maskanlarida olayotgan bilimlarini yanada chuqurlashtirish va mustahkamlash, ularni davlatimizning madaniy-ma'naviy boyligi bilan tanishtirish, ularda Vatan, millat tuyg'ularini yanada rivojlantirish maqsadida “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ga bag'ishlangan “Vatan himoyachilari tarbiyasida arxivlarning ahamiyati” nomli davra suhbati o'tkazildi.
Tadbirga Yakkasaroy tumanidagi xarbiy tayyorgarlikka yo'naltirilgan 172-umumiy o'rta ta'lim maktabi 7-sinf o'quvchilari taklif etildi. Anjumanda O'zbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivi bosh arxivchisi Turdialiev Sirojiddin “Milliy armiyamiz mustaqilligimiz poydevori” nomli ma'ruzasi va taqdimoti bilan ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda alohida qimmatli va noyob arxiv hujjatlaridan tayyorlangan foto ko'rgazma tayyorlandi. O'zR KFFH MDA bo'ylab ekskursiya tashkil etildi. Arxiv fondida saqlanayotgan “Qasamyod” nomli hujjatli film namoyish etildi.
Arxiv xodimlari va o'quvchilar o'rtasida ochiq muloqot, qizg'in savol-javoblar bo'lib o'tdi. Anjumanda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdilar. Davra suhbati to'g'risidagi ma'lumot va fikr-mulohazalar radio va gazetalarda e'lon qilindi.
Davra suhbati yakunida harbiy tayyorgarlikka yo'naltirilgan maktab o'quvchilariga bukletlar va esdalik sovg'alarini taqdim etildi.

Agentlik Axborot xizmati