QONUN LOYIHASI MUHOKAMADA

O'zbekiston Respublikasining “O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risida”gi kodeksiga qo'shimchalar kiritilayotganligi munosabati bilan ushbu qonun lyihachi keng jamoatchilik muhokamasiga qo’yilmoqda. Shu munosabat bilan ushbu qonun loyihasi bo’yicha fikr-mulohazalarigizni quyidagi manzillarga joriy yilning 1-avgustiga qadar yuborishingiz mumkin.

E-mail: uzarchive@archive.uz
Tel.: (0371) 277-11-68
Faks: (0371) 277-13-35
Manzil: 100043, Toshkent sh., Chilonzor ko‘chasi, 2-uy.

LOYIHA

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga qo'shimchalar kiritish haqida

Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan_______________
Senat tomonidan ma'qullangan_______________

1-modda. O'zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001 yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, 2016 yil, 2272, 2273-moddalar) quyidagi qo'shimchalar kiritilsin:

1) quyidagi mazmundagi 441-modda bilan to'ldirilsin:

441-moddaArxiv ishi to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish

Arxiv hujjatlarini saqlash, arxiv xizmati ko'rsatish va arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini buzish,

fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslar va xizmatchilarga esa ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa,

fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslar va xizmatchilarga esa besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi”;

2) 245-moddaning birinchi qismi “44” raqamidan keyin “441” raqami bilan to'ldirilsin.

2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

 

  O'zbekiston Respublikasi 
          Prezidenti                                                                                          I.KARIMOV

 

  Yuklab olish (*.doc 36 kb)