“Quvnoq va zukko arxivchilar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

“Quvnoq va zukko arxivchilar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

2016 yilning 11 avgust kuni O‘zbekiston Mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olish maqsadida Respublika arxiv muassasalari xodimlari o‘rtasida “Quvnoq va zukko arxivchilar” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ko‘rik-tanlovda Toshkent shahar segmentidagi barcha arxiv muassasalaridan iqtidorli, jamoatchi xodimlardan iborat guruxlar ishtirok etishdi.

“Quvnoq va zukko arxivchilar” ko‘rik-tanlovida ishtirokchilar uchta shart asosida bellashdilar.

Birinchi shartda barcha ishtirokchilar o‘zlari tashrif buyurgan arxiv haqida qiziqarli ma’lumot va faktlardan foydalangan holda ma’lumot berdilar.

Ikkinchi shart “Mustaqilligimizga 25 yil” deb nomlanib unda mustaqilligimizning 25 yilligi munosabati bilan Vatan madhi, yoshlarda vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlashga qaratilgan va O‘zbekistonni ulug‘lashga bag‘ishlangan mualliflik she’rini ifodali o‘qish yoki 25 sonini ommalashtirishga qaratilgan chiqishlar bilan ishtirok etdilar.

Uchinchi shartda o‘zbek milliy folklor kuy-qo‘shiqlardan foydalanib, mustaqil yurt arxivchilari va faoliyatini targ‘ib qiluvchi sana ko‘rinishlarini namoyish etdilar.

Ko‘rik tanlov barcha ishtirokchilarda qiziqarliligi bilan katta taassurot qoldirdi.

Ko‘rik tanlov yakunida barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Shuningdek, tanlovdan so‘ng “Yilning eng yaxshi arxiv muassasasi rahbari”, “Yilning eng yaxshi arxivchisi”, “Yilning eng yaxshi arxiv muassasasi”, “Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r” nominatsiyalari bo‘yicha ishtirokchilar taqdirlandilar.

Agentlik Axborot xizmati