Shaxsiy fondlarni ko‘paytirish, arxivning ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish omili

Bugungi kunda arxiv fondida saqlanayotgan shaxsiy fond hujjatlaridan turli tadqiqotchilar, talabalar o‘zlarining malakaviy bitiruv ishlarida turli materiallar, matbuot xizmati xodimlari esa ilmiy-ommabop maqolalar tayyorlab kelmoqdalar. Bu esa Respublikamiz ilm-fan taraqqiyoti rivojlanishida o‘zining beminnat hissalarini qo‘shgan fan arboblari, va olimlarning ilmiy yo‘llarini tadqiq etish imkoniyatini beradi.

Arxivda shu yo‘nalishni rivojlantirish maqsadida hozirda arxivning asosiy yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent shaxri va Toshkent viloyatida faoliyat olib borayotgan ilmiy tashkilotlarga rasmiy xat bilan murojaat qilinib, tashkilotda faoliyat olib borayotgan taniqli olimlarning shaxsiy hujjatlarini arxiv saqloviga qabul qilishga amaliy yordam so‘raldi.

Arxivning kelgusidagi asosiy rejalaridan biri ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va Respublikamizdagi boshqa arxiv muassasalariga, arxivning jamlash manbai bo‘lgan tashkilotlarga turli ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishdir.

Agentlik Axborot xizmati