O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI


Sirdaryoda o‘quv seminari o'tkazildi

2016 yil 17 iyun kuni Sirdaryo viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yilligiga bag’ishlab amalga oshiriladigan  “Mustaqillik-eng ulug’ ne’mat” degan g’oyani o’zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ’ibot va tashviqot ishlari bo’yicha 2016 yil 27 maydagi 01-12/4-sonli dasturiga muvofiq Sirdaryo viloyat davlat arxivining o’quv zalida “Mustaqillik-eng ulug’ ne’mat” mavzusida o’quv seminari o’tkazildi.

O’quv Seminarda Sirdaryo viloyat Markaziy bank boshqarmasi, tuman va shahar banklari va uning hududiy tizimiga kiruvchi tashkilotlar idoraviy arxivchilari, arxivga mas’ul xodimlar hamda viloyat davlat arxivi mutaxassislari ishtirok etdilar.

“Mustaqillik-eng ulug’ ne’mat” mavzusidagi o‘quv seminarida slaydlar yordamida ma’ruzalar tinglandi. O’quv seminari savol-javoblarga boy tarzda o’tdi.

Agentlik Axborot xizmati